Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinaning sobiq prezidenti so‘roqqa chaqirildi
Foto: AP
Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiy madaniy markaz portlatilishi ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi va unga mamlakatni tark etish taqiqlab qo‘yildi.
"Federal sudya Klaudio Bonadio 26 oktabrga sobiq prezident ko‘rsatmalar berishini belgiladi", deb ma'lum qilindi sud doiralaridagi manba.
Markaz portlatilishini tergov qilgan argentinalik prokuror Alberto Nisman Kirshner va o‘sha vaqtda tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Ektor Timermanni portlashga aloqador deb hisoblangan eronliklarga "jazosizlikni ta'minlash" maqsadida til biriktirishda ayblagan.
Keyinroq Nisman o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Nacion nashri jandarmeriya ixtiyorida bo‘lgan ma'lumotlarga tayanib, Nisman dastlab taxmin qilingandek o‘z joniga qasd qilmagani, balki o‘ldirilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025