Farhod Magomedov PFL direktorligidan bo‘shatildi
Bugun, 10 oktabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislari zalida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyatidagi o‘zgarishlar masalasi o‘rin oldi.
PFL rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, shu vaqtga qadar O‘zPFL Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Omon G‘ofurov O‘zPFL Bosh direktori etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun: G‘ofurov Omon Fayzullayevich 1984 yil 14 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida sport tashkilotlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. Rus, ispan va ingliz tillarida so‘zlasha oladi.
Mavzuga oid
15:55 / 04.04.2024
Toshkentda talabalar o‘rtasida Coca-Cola homiyligidagi turnir o‘tkaziladi
19:04 / 16.03.2024
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi
17:33 / 16.03.2023
BMB Trade group PFL rasmiy homiysiga aylandi
22:34 / 26.11.2022