Jahon | 11:59 / 11.10.2017
8845
1 daqiqa o‘qiladi

Da Vinchining so‘nggi suratini 100 mln. dollarga sotish rejalashtirilmoqda

Foto: Stock Montage

Leonardo Da Vinchining shaxsiy kolleksiyalardan topilgan oxirgi surati auksionda sotiladi, uning boshlang‘ich narxi 100 mln. dollar bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Time.

XVI asrga tegishli bo‘lgani aytilayotgan kartina Salvator Mundi (lotinchadan – «Jahon qutqaruvchisi») deb ataladi hamda Iso Masihning portreti hisoblanadi.

Suratning tarixi bir qadar chigal. Avvaliga qirol Karl II’ning kolleksiyasida saqlangan portret Bukinghem hertsogining nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘liga o‘tgan. So‘ng kartina yo‘qolgan va 1958 yilda savdolarga qo‘yilgandagina topilgan. Shunday keyin polotno yana g‘oyib bo‘ldi va 2005 yilgi boshqa bir kimoshdi savdosida aniqlandi. O‘shanda u mualliflik va tarix bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.

Mavzuga oid