Atamboyev O‘zbekiston bilan chegaraning qolgan qismi bo‘yicha kelishuvni tezlashtirmoqchi
Ehtimol, hatto 1 dekabrgacha Qirg‘iziston chegaraning qolgan qismi bo‘yicha O‘zbekiston bilan kelishuv imzolashi mumkin. Bu haqda 12 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘shdagi futbol akademiyasining ochilishida so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.
«Men yaqinda Toshkentda bo‘ldim. Ehtimol, siz mening do‘stim, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovichning meros bo‘lib o‘tish haqidagi so‘zlarini eshitgandirsiz. Sababi bizda qiyin paytlar ham bo‘lgan, lekin Xudo xohlasa, hatto 1 dekabrdan oldin ham chegaraning qolgan qismi bo‘yicha bitim imzolashimizga umid qilaman. Agarda ulgurmasak, o‘ylashimcha, Qirg‘iziston fuqarolari bizning ko‘pmillatli xalqimiz, Shavkat Miromonovich bilan biz kutib turgan shaxsni tanlaydi», - dedi u.
Atamboyev O‘shga safaridan oldin, 2010 yilgi voqealarni eslagani haqida xabar berdi.
«Bugun men O‘shga safarimdan oldin yaxshi uxlay olmadim, 2010 yilni, yonib ketgan O‘sh va Jalolobodni esladim hamda, albatta, bu qadimiy O‘shda, Qirg‘iziston va dunyoning har qanday shahrida takrorlanmasligini doimo yaratgandan so‘rayman», - dedi u.
«Bunday voqealar Qirg‘iziston yoki boshqa mamlakatda takrorlanmasligini Xudodan so‘rayman. Bunday narsalarga turtki beradiganlar esa... Bilasizmi, bahorda hattoki internetda kuzatilgan chaqiriqlar uchun (agar biror kishi boshqa millatdagi fuqaroni haqorat qilgan bo‘lsa) hozirgi kunda 3 ta jinoyat ishi ochilgan. Biz qamaymiz. Demokratiya - bu qonunning diktaturasi. Agar kimnidir qamamasak, turli g‘iybatlar paydo bo‘lmasligi, kimnidir qahramon qilmasliklarini kutib turamiz. Men o‘z xalqimga ishonaman va umid qilamanki, olti yil ichida Qirg‘iziston xalqi, shu jumladan O‘sh shahri ahli ham menga ishondi», - dedi A.Atamboyev.
Mavzuga oid
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024