Jamiyat | 09:37 / 12.10.2017
20764
1 daqiqa o‘qiladi
IIV Tergov departamenti paxta xirmoniga hissa qo‘shdi
2017 yil 7-8 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xodimlari Toshkent viloyati Chinoz tumani paxta terimida hasharda bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari IIB huzuridagi Tergov boshqarmalari hamda ularning quyi tizim tergov bo‘limlari shaxsiy tarkibi ham bu xayrli ishda o‘z hissasini qo‘shishdi.
Ikki kun davomida ular tomonidan paxta 52.9 tonna paxta terib olinib, respublika xirmoniga beminnat topshirildi.
Hasharchilarga shu yerning o‘zida tushlik tashkillashtirildi. Paxta terishda eng yaxshi natijaga erishgan xodimlar rahbariyat tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
19:45 / 09.10.2024