Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya o‘rmon yong‘inlari 3,5 mingta binoning kulini ko‘kka sovurdi
Amerikaning Kaliforniya shtatida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 3,5 ming bino va inshoot yo‘q bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti shtat yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayangan holda.
"Garchi barcha yong‘in o‘choqlarida yetkazilgan zarar hisoblab chiqilayotgan bo‘lsa ham, kamida 3,5 ming uy va savdo binolari tabiiy ofat tufayli yonib ketdi", — deyiladi bayonotda.
Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yana 22 ta yirik yong‘in o‘chog‘ini aniqlashgan. Umumiy hisobda 690 km2 maydon yonib kul bo‘lgan.
Shtat gubernatori favqulodda holat e'lon qilgan edi. Shu sababli ommaviy ko‘chirish ishlari olib borilmoqda. 20 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etgan, 17 kishi halok bo‘ldi. Shtatning 8 okrugida favqulodda tartib bekor qilingani yo‘q.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
17:22 / 30.03.2025
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlarida gumonlanuvchi qo‘lga olindi
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025