Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur Toj-Mahal Hindistonda diqqatga sazovor joylar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati turizm vaziri Rita Bauguna Joshi Utter Pradesh Tourism – Unlimited Possibilities (Uttar-Pradesh turizmi – cheki yo‘q imkoniyatlar) deb nomlangan kitobchaning yangi versiyasini taqdim qildi. E'tiborlisi, sayyohlarga tashrif buyurish tavsiya qilinuvchi diqqatga sazovor joylar ro‘yxatidan Toj-Mahal maqbarasi chiqarib tashlangan. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Shtat bosh vaziri Yogi Adityanatx esa mehmon bo‘lib kelgan taniqli insonlarga Toj-Mahalning kichik nusxalarini sovg‘a qilish odatini tanqid qilib keladi.
"Toj-Mahal va uning minoralari asl hind madaniyatini aks ettirmaydi", deb aytgan bosh vazir. Adityanatx o‘ta millatchi qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi "Bxaratiya janata" partiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bu orada Adityanatx bosh qohini hisoblanuvchi Gorakshanatxa induizm ibodatxonasiga bukletning butun bir sahifasi bag‘ishlangan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025