Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uber kompaniyasining Hindistondagi raqobatchisi 1,1 mlrd dollar jalb etdi
Foto: Getty Images
Hindistondagi Uber taksi xizmatining raqobatchisi hisoblangan Ola kompaniyasi 1,1 mlrd dollar sarmoya jalb qilishning uddasidan chiqdi. Xitoyning Tencent internet giganti va Yaponiyaning SoftBank banki sarmoyadorlar hisoblanadi. Ushbu moliyalash Ola kompaniyasiga dunyoning eng harakatchan bozorlaridan birida Uber bilan muvaffaqiyatli raqobat qilish imkonini beradi.
Ola kompaniyasining xabar qilishicha, u yana mlrd dollar jalb etishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda u yangi sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan sarmoya hajmi 2 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Ushbu investitsiya bosqichi tugaganidan so‘ng, Ola qiymati 7 mlrd dollarga yetadi, deb xabar qilmoqda CNBC manbasiga tayangan holda. Uber bozor qiymati esa 70 mlrd dollarga yaqindir. Hindistonning 110 shahrida faoliyat yurituvchi startap jalb qilingan mablag‘larni sun'iy aql va mashinani o‘rgatish texnologiyalari, Hindiston bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga sarflaydi.
Hozirda Ola yangi xizmatlarni taklif qilish orqali Uber bilan faool raqobatlashmoqda. Xususan, mijozlar nafaqat taksi buyurtma berishlari, balki riksha yoki mototsiklni ijaraga ham olishlari mumkin. Ammo Uber ham bo‘sh kelganicha yo‘q va bu xizmatni tezda joriy qildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025