Despacito qo‘shig‘i klipi YouTube’da rekord o‘rnatdi
Puerto-rikolik qo‘shiqchilar Luis Fonsi va Deddi Yankining Despacito qo‘shig‘i klipi YouTube’da 4 mlrd martadan ko‘proq ko‘rildi va namoyishlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Bu haqda qo‘shiq mualliflaridan biri Luis Fonsi instagrammida ma'lum qildi. Biroq Fonsi buni nishonlash o‘rniga, klip suratga olingan Puerto-Riko aholisiga dovul oqibatida ko‘rgan talofatlarni yengishda yordam berishga chaqirgan.
Qo‘shiq nafaqat 2017 yilning, balki oxirgi bir necha yillarning bosh xitiga aylandi. Ispan tilidagi qo‘shiq onlayn-tinglashlar va klipining tomosha qilinishi bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldirdi.
Yil boshida joylashtirilgan klip 12 oktabrda 4 mlrd lik sarhadni kechib o‘tdi. Bu esa internetda joylashtirilgan barcha kliplar ichida rekord hisoblanadi.
Bu borada 2-o‘rinni "Forsaj 7" filmiga ishlangan va Wiz Khalifa tomondan ijro etilgan "See You Again" qo‘shig‘i klipi egallamoqda. U 3 mlrd martadan ko‘proq tomosha qilingan. Shuningdek, 2012 yilning xiti bo‘lgan va koreyalik qo‘shiqchi Psy tomondan ijro etilgan "Gangnam Style" qo‘shig‘i klipida ham deyarli 3 mlrdlik namoyish bor.
Mavzuga oid
23:50 / 21.10.2024
Rossiyaliklar orasida YouTubeʼning sekinlashuvi rekord darajada xavotir uyg‘otayotgani ma’lum bo‘ldi
22:30 / 04.10.2024
YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
23:14 / 23.09.2024
YouTubeʼning eng mashhur yulduzi MrBeast’ga sud tahdid solmoqda
23:50 / 06.09.2024