Jahon | 18:02 / 13.10.2017
38002
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat uy qanchaga baholandi?

Foto: Getty Images

Fransiyada 187 yil oldin qurilgan uy sotuvga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar uni dunyodagi eng qimmat, deya atashdi. Uyning narxi 417 million dollarga baholanmoqda, deya xabar qildi Lenta.ru.

Les Cèdres saroyi mamlakat janubida joylashgan. Avval u Belgiya qiroli Leopold II’ga tegishli bo‘lgan, keyin esa zaytun fermasi sifatida ishlatilgan. Uyda 14 ta yotoq xonasi mavjud bo‘lib, ularning ichki qismi XIX asrdagi qimmatbaho mebellar va suratlar bilan bezatilgan. Shuningdek, katta basseyn, banket zali va 30 bosh otga mo‘ljallangan otxona bor.

Bundan tashqar, villa hududida 15 mingdan ziyod o‘simlik ekilgan Yevropaning eng go‘zal bog‘laridan biri joylashgan. Qo‘shni uylarda yashovchi mashhur insonlar orasida britaniyalik bastakor Endryu Lloyd Uebber hamda Microsoft hammuassisi Pol Allen bor.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Uyning qiymati baholangan summaga Dubaydagi eng qimmat penthauslardan bir nechtasini sotib olish mumkin. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida 27 million dollarga One Palm minorasidan lot sotuvga qo‘yilgandi. Bo‘lajak egasi unga 20 metr uzunlikdagi maxsus hovuz qurishni so‘ragan. Bundan tashqari, tomda beshta yotoq xonasi va bir necha kuzatuv maydonchasi bor. Binoning umumiy maydoni 3,5 ming kvadrat metrdan ortiqdir.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Mavzuga oid