Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya o‘rmon yong‘inlari 30 dan ortiq insonning umriga zomin bo‘ldi
Amerikaning Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi. Bu haqda Sonoma okrugi sherifi Robert Jordano ma'lum qildi.
"Umumiy qurbonlar soni 17 kishiga yetdi. Bu bizning okrugda", — degan Jordano. Avvalroq, Mendosinoda 8 kishi, Napada 4 kishi va Yubada 2 kishi o‘lgani ma'lum bo‘lgandi, deb yozadi RIA Novosti.
Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar shtatda 22 ta yirik yong‘in o‘chog‘ini qayd etishgan. 700 km2 maydonning kuli ko‘kka sovurilgan. Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, qutqaruvchilar guruhlari hamon qator tumanlarga bora olmayapti. Ularning fikricha, jabrlanganlar va bedarak yo‘qolganlar soni ortadi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
17:22 / 30.03.2025
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlarida gumonlanuvchi qo‘lga olindi
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025