Jahon | 08:00 / 14.10.2017
16659
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchilik tashkiloti deb topdi

Foto: Reuters

AQSh moliya vazirligi Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK) terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi va unga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritishini e'lon qildi. 

Ushbu qaror IIQKning go‘yoki "Hizbulloh", XAMAS va "Tolibon" tashkilotlariga ko‘rsatayotgan ko‘magi sababli qabul qilingan.

"IIQK Eronning dunyoda terrorchilikning bosh homiysi bo‘lishida markaziy rol o‘ynagan. Eron mintaqadagi barqarorlik evaziga hokimiyatga erishmoqchi va moliya vazirligi IIQKning vayronkor faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish uchun o‘z vakolatlaridan foydalanishda davom etadi", deb aytdi AQSh moliya vaziri Stiven Muchin.

Sanktsiyalarga ko‘ra AQSh fuqarolari va kompaniyalariga IIQK tomondan nazorat qilinuvchi korxonalar bilan biznes olib borish taqiqlanadi.

IIQK Eron qurolli kuchlarining sara qismi hisoblanadi. Korpus o‘z havo, harbiy-dengiz va quruqlikdagi qo‘shinlariga ega. Unda 100 mingga yaqin kishi xizmat qiladi. Tehron korpusning terrorchilik faoliyatiga aloqadorligini qat'iyan rad etib keladi.

Mavzuga oid