Jahon | 01:38 / 15.10.2017
6926
1 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada "Ofeliya" dovuli tufayli xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi 

Foto: Fotolia

Irlandiyaning g‘arbiy qismida Atlantika okeani tomondan "Ofeliya" dovulining yaqinlashayotgani sababli xavflilikning eng yuqori – qizil darajasi e'lon qilindi. Bu haqda milliy meteorologik xizmatda ma'lum qilingan. 

Xizmat saytida chop etilgan ogohlantirish matniga muvofiq, xavflilikning qizil darajasi Goluey, Meyo, Kork va Kerri grafliklarida e'lon qilingan. Mamlakatning qolgan qismida xavflilikning bir pog‘ona past – zarg‘aldoq darajasi e'lon qilingan. 

Ob-havo mutaxassislari Irlandiya g‘arbida 80 km/soat dan 130 km/soat gacha tezlikka ega bo‘lgan shamol bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shamolning kuchayishi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin, sohilbo‘yi hududlarida toshqinlar yuzaga kelishi xavfi bor. 

Ogohlantirish 16 oktabr – dushanba kuni ertalabgacha amal qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid