Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi yong‘inlar ko‘lami Nyu-York hududini ortda qoldirdi
AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari qamrab olgan hudud shanba kuni 86,5 ming gektarga yetdi. Bu esa yong‘in maydoni Amerikaning eng yirik megapolisi hisoblangan Nyu-Yorkdan ham katta hudud degani.
Yong‘inlar natijasida halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi, ulardan 20 nafari Sonom okrugi yong‘inlari natijasida qurbon bo‘lgan. Reuters agentligi mahalliy hukumat vakillariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Darhaqiqat, bu Kaliforniya boshidan o‘tkazgan eng katta fojialardan biridir. Yong‘inlar qamrovi juda katta. Bunday dahshatni hatto tasavvur qilish ham qiyin", - dedi shtat gubernatori Jyerri Braun San-Frantsisko shimolidan 80 km narida joylashgan Santa-Rosa shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida.
17 yong‘in o‘chog‘ini hanuz o‘chirishning uddasidan chiqa olishmadi. Yong‘inlarni o‘chirish jarayonlarida o‘n shtatning 10 mingdan ziyod o‘t o‘chiruvchisi ishtirok etmoqda, ularga Kanada va Avstraliyadan kelgan hamkasblari yordam berishmoqda.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
19:53 / 21.05.2025
2024 yilda dunyo bo‘ylab o‘rmonlar rekord darajada yo‘q qilindi
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025