Sport | 09:30 / 15.10.2017
21797
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Godin Messini ojiz qoldirdi

«Atletiko» himoyachisi Diyego Godin Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuv oxirida  kutilmagan fintni amalga oshirdi.

85-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi Paulino bilan o‘zaro to‘p oshirib, jarima maydoniga kirmoqchi bo‘ldi, ammo o‘rtaga Godin tushdi va to‘pni egallab oldi hamda argentinalik futbolchini «Zidan finti» («Marsel ruletkasi» nomi bilan ham mashhur) orqali aldab o‘tib, madridliklarning qarshi hujumini boshlab berdi.

O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. Gollarga Saul Niges va Luis Suares muallif bo‘lishdi.

Mavzuga oid