Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada sarimsoqdan qahva olish retsepti o‘ylab topildi
Yaponiyadagi kafelardan birining egasi sarimsoqdan qahva ta'mli ichimlik olish retseptini yaratdi. Bu haqda Japan Today nashri xabar bermoqda.
74 yoshli pazandaning aytishicha, bunday fikr unga 30 yil avval kelgan. U e'tiborsizligi va restoranda mijozlar juda ko‘pligi sababli go‘sht bo‘lagini sarimsoqli qaylada me'yoridan ortiq qovurib yuborgan. Shunda u qorayib ketgan sarimsoqni qoshiq bilan ezg‘ilab, uni qaynoq suvda eritgan. Hosil bo‘lgan "ichimlik" esa qahva ta'mini eslatib yuborgan, faqat biroz achchiqroq bo‘lgan.
Shundan keyin Simotai ismli bu shaxs o‘z ixtirosini esdab chiqarib yuborgan va u pensiyaga chiqqachgina u ustida ishlashga qaytgan.
Hozir yaponiyalik oddiy qahva kabi damlanadigan yanchilgan sarimsoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Sarimsoqli qahvani tayyorlash uchun sarimsoq qovurib olinadi va so‘ngra sovutiladi va yanchiladi. Yaponiyalikning aytishicha, sarimsoq qovurilishi evaziga hech qanday noxush ta'm bo‘lmaydi.
"Men yaratgan ichimlik ehtimol dunyoda birinchi bunday ichimlik bo‘lsa kerak. Unda zarracha kofein moddasi yo‘q va uni qahvani xush ko‘ruvchilar uyqulari buzilishidan xavotirlanmay, tungi vaqt ichishlari mumkin. Bu antiqa qahva homiladorlik vaqtida o‘z ratsionlaridan qahvani istisno qilishni afzal ko‘ruvchi ayollar uchun ham mos keladi", deb aytmoqda tadbirkor.
Ta'kidlash joizki, olimlarning taxminicha, 2050 yilga kelib qahvaning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli mavjud.
Mavzuga oid
21:13 / 10.12.2024
Dunyoda qahva narxi rekord darajada qimmatlashdi
17:34 / 10.12.2024
Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi – tadqiqot
00:37 / 25.11.2024
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
17:01 / 18.11.2024