Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada dron yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketdi
Kanadaning Kvebek shahrida yo‘lovchi samolyoti qo‘nayotganda dron bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda CBC nashri.
Kanada transport vaziri Mark Garnoning ma'lum qilishicha, to‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Voqea o‘tgan payshanba, 12 oktabrda yuz bergan, biroq u haqda endigina ma'lum bo‘ldi. Vazirning aytishicha, bunday hodisa Kanadada birinchi marta yuz bermoqda.
Garnoning aytishicha, amaldagi qoidalar dronlarni aerodromlargacha 5 km dan yaqinroq masofada ishlatishni taqiqlaydi. "Bu hodisa yuz bermasligi kerak edi. Dron u yerda bo‘lmasligi kerak edi", deb aytdi vazir.
Vazirning aytishicha, agar dron samolyot kabinasi yoki dvigateli bilan to‘qnashganda, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.
Vazir kelgusida bunday voqealar takrorlanmasligi uchun keyingi yilda shaxsiy dronlar borasida yangi qonun qabul qilinishi jarayoni yakunlanishiga va'da berdi. Bu qonunlarda dron operatorlarining eng kichik yoshi belgilab qo‘yiladi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025