Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela muxolifati gubernatorlik saylovi natijasini tan olmadi
Venesuelaning «Demokratik birlik bloki» mamlakatda bo‘lib o‘tgan gubernatorlik saylovlari natijasini tan olmadi. Bu haqda DBB saylovoldi kampaniyasi rahbari Xerardo Blayd ma'lum qildi.
«Hozir biz hech qanday natijani tan olmaymiz. Biz nomzodlarimizdan, ertalabdan boshlab ko‘chalarda biz hozir e'lon qiladigan narsani qo‘llab-quvvatlash uchun harakatlarni boshlashini so‘raymiz», — deya Blayd so‘zlarini keltiradi DBBning Twitter sahifasi.
Avvalroq, Venesuela milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusena, mamlakatning aksar mintaqasidagi gubernatorlik saylovlarida hukumat nomzodlari g‘alaba qozonganini bildirgan edi.
Xususan, Barinas shtatida Venesuela sobiq prezidenti Ugo Chavesning kenja ukasi g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025