Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning 117,5 million aholisi qashshoqlik yoqasida
2016 yilda Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlaridagi 117,5 million kishi yoki YeI aholisining 23,4 foizi qashshoqlik xavfi va ijtimoiy izolyatsiyaga duch kelishdi. "Anadolu" agentligi YeI Statistika xizmati hisobotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Hisobotda ta'kidlanishicha, qashshoqlik yoki ijtimoiy izolyatsiya xavfi ostidagi odamlar sonini qisqartirish "Yevropa-2020" strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri hisoblansa-da, bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmotqda.
Qashshoqlik xavfi ostida kun kechirayotgan fuqarolar soni bo‘yicha 40 foiz ko‘rsatkich bilan Bolgariya yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Ruminiya (38,8 foiz aholi) va Gretsiya (35,6 foiz aholi) qayd etilgan.
Chexiya YeIning qashshoqlik darajasi eng kam bo‘lgan mamlakati deb topilgan. Bu mamlakatda qashshoqlik yoqasidagi fuqarolar soni 13,3 foizni tashkil qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Finlyandiya (16,6 foiz), Daniya (16,7 foiz) va Niderlandiya (16,8 foiz) nomlari keltirilgan.
Ta'kidlash joizki, Germaniya aholisining 19,7 foizi, Fransiyaning - 18,2 foiz, Italiyaning - 28,7 foiz, Ispaniyaning - 27,9 foiz, Buyuk Britaniyaning - 22,2 foiz, Belgiyaning 20,7 foiz aholisi qashshoqlik va ijtimoiy izolyatsiya xavfsi ostida.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
16:42 / 24.05.2025