Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohurdagi talonchilik fosh etildi
2017 yilning 10 oktabr kuni taxminan soat 14:00larda S.N. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumani hududida, fuqaro D.N.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli baxosi 3.050.000 so‘m bo‘lgan «Samsung Galaxy A5» rusumli uyali telefonini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
08:50 / 15.11.2024