Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada AQSh diplomatining oilasi so‘roq qilingandan keyin qo‘yib yuborildi
Istanbul sudi AQShning Turkiyadagi konsulligida ishlovchi Turkiya fuqarosining rafiqasi va qizi so‘roq qilingandan keyin ularning ozod etilishga izn berdi. Ular ekstremistlar bilan aloqador bo‘lishlari mumkinligi sababli so‘roq qilinganlar. Bu haqda suddagi manba ma'lum qilgan.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ikki gumonlanuvchi 9 oktabrda Amasya shahrida ushlanib, so‘ngra Istanbulga olib kelingan. Ularga mamlakatni tark etish taqiqlab qo‘yildi, shuningdek, ular haftada bir marta politsiyada qayd qilinib turishlari kerak.
Konsullik xodimi ham prokuratura tomondan AQShning Istanbuldagi bosh konsulligining boshqa bir xodimi Metin Topuz hibsga olingandan keyin so‘roq qilingan. Topuz hibsga olingandan keyin AQSh elchixonasi 8 oktabrdan turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatgan.
AQShning Turkiyadagi elchisi Jon Bass bosh konsullik xodimining hibsga olinishini Turkiya rahbariyatining o‘ch olishi deb ta'riflagan va sud idoralari xolis bo‘lmasliklari mumkinligini aytgan. Turkiya prezidenti esa bunga javoban AQSh diplomatik missiyalarida Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishga aloqador shaxslar yashirinayotganini aytgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025