Jahon | 20:15 / 18.10.2017
17813
2 daqiqa o‘qiladi

Air Berlin uchuvchisining "nayrangi" yo‘lovchilarni qo‘rqitib yubordi

28 oktabrda tugatiladigan Air Berlin aviakompaniyasining uchuvchisi xavfli manyovri bilan yo‘lovchilarni cho‘chitib yubordi. Bu haqda Germaniya OAV xabar bermoqda.  

Bortida 223 yo‘lovchi bo‘lgan Airbus A330 uchuvchisi Dyusseldorf aeroportiga qo‘nayotganda "nayrang" ko‘rsatishga qaror qilgan: u dastlab qo‘nish polosasi ustidan pastlab uchgan, so‘ngra keskin balandga ko‘tarilib, aeroport ustida bir marta aylangachgina qo‘ngan.

Shu tariqa uchuvchi aviakompaniya va yo‘lovchilar bilan "xayrlashishga" qaror qilgan.

Biroq uchuvchining bu "xayrlashuv manyovri" yo‘lovchilarning noroziligini keltirib chiqargan. Ular cho‘chib ketishganini, ba'zi yo‘lovchilar esa o‘zlarini yomon his qilishganini aytishgan. Yo‘lovchilardan biri esa bu manyovrni 2001 yil 11 sentabr voqealariga qiyoslagan.

Aviakompaniyada ta'kidlashlaricha, ushbu manyovr parvozlarni boshqarish markazi bilan oldindan kelishilgan bo‘lgan. Biroq shunga qaramay, Federal aviatsiya agentligi uchuvchining xatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv boshlagan.

2017 yil avgustda Air Berlin bankrotlik jarayonini boshlashini e'lon qilgandi. Shu vaziyat bilan bog‘liq holda kompaniya 28 oktabrdan o‘z faoliyatini tugatadi.

Mavzuga oid