Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bositxonova: Poytaxtdagi kadrlar viloyatlarga o‘z xohishlariga ko‘ra yuborilgan
Sog‘liqni saqlash vazirligi poytaxtda joylashgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining mutaxassislarini xududlarga ikki yil ishlashga yuborishini e'lon qildi. Tumanlarga borib ishlashni xohlovchi mutaxassislar uchun rahbarlik lavozimi taklif etilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” onlayn nashri xabar berdi.
Bu qanday asosga ko‘ra amalga oshirilayotganiga sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova tushuntirish berdi:
- Viloyatlardagi tibbiyot muassasalari malakali kadrlar bilan ta'minlanishi uchun respublika tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislardan 136 nafari suhbat asosida tanlab olindi. Ular viloyat tibbiyot maskanlariga rahbar sifatida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 avgustda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qabul qilingan 8 sonli protokolda ularning to‘liq ro‘yxati tasdiqlangan. Tanlangan har bir mutaxassis hududlarda rahbar lavozimida ishlash istagini bildirganini ta'kidlab o‘tmoqchiman. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra yuborilgan.
Mavzuga oid
17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin
12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov
09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas
09:57 / 06.05.2022