Jamiyat | 09:33 / 18.10.2017
17042
1 daqiqa o‘qiladi

Click orqali o‘g‘rilik qilgan qiz qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, “AZOT” OAJda hisobchi bo‘lib ishlovchi B.D. o‘zi bilan birga ishlovchi M.N.ning plastik kartochkasidagi 1 million 500 ming so‘m pulini “Click” tizimi orqali yashirin ravishda o‘g‘irlab olgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jinoyat M.N.ning IIBga yozgan arizasiga asosan olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida fosh etildi. 

Hozirda ushbu jinoyatni sodir etgan B.D.ga nisbat jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid