Jahon | 08:10 / 21.10.2017
33742
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Suriyada terrorchilar tashlab ketgan qurollar

Suriyaning SANA agentligi jangarilardan ozod qilingan Mayadin shahrida terrorchilar tomondan tashlab ketilgan qurol-aslaha videosini namoyish qildi.

Suriya armiyasi qo‘mondonlaridan birining ma'lum qilishicha, harbiylar ayrim Yevropa va NATO'ga a'zo davlatlarda ishlab chiqarilgan turli xildagi – yengil, o‘rta va og‘ir qurollar hamda yuzlab minomyot snaryadlarini aniqlashgan.

Tashlab ketilgan qurollar orasida 2011 yilda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiya asosida tayyorlangan zambarak (155 mm kalibrli, 40 km masofagacha mo‘ljallangan) topilgan.

Hukumat qo‘shinlari bunday vaziyatga birinchi marta duch kelmayapti. Avvalroq suriyalik harbiylar Mayadinda g‘arbda ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar omborini aniqlashgani ma'lum qilingandi. Ammo ularning qanday qilib va qay yo‘llar orqali Suriyada paydo bo‘lib qolgani haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.

Daur-az-Zor viloyatida joylashgan Mayadin 14 oktabrda ozod qilindi. Bu shahar terrorchilar tomondan 2013 yil iyulidan beri ushlab kelingan va ularning oxirgi harbiy istehkomlaridan biri hisoblangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid