Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinaning korrupsiyada gumonlanayotgan sobiq prezidenti senator bo‘ldi
Argentinada 22 oktabrda o‘tgan saylovlar natijalariga ko‘ra mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner parlamentning yuqori palatasi – senatga saylandi.
Sobiq prezident saylovlarda Buenos-Ayres viloyatidan ishtirok etgan. Saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, u tashkil etgan "Fuqarolik birdamligi" alyansi viloyatdagi saylovlarda 2-o‘rinni oldi va shu tariqa senatda bir o‘ringa ega bo‘ldi.
Senatorlik mandati de Kirshnerga parlament daxlsizligini kafolatlaydi. Ayni vaqtda unga nisbatan korrupsiya va markaziy bankda firibgarliklar bo‘yicha uchta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, prokuratura sobiq prezidentni 1994 yilda yahudiylar markazida sodir etilgan terakt tergoviga qarshilik qilishlikda gumon qilmoqda. Parlament daxlsizligi de Kirshnerni sud ta'qibidan qutqara olmaydi, lekin uning hibsga olinishidan himoyalaydi.
Saylovlar natiijalariga ko‘ra deputatlar palatasidagi 257 o‘rindan 127 tasi va senatdagi 72 ta o‘rindan 24 tasi yangilanadi. Ayni vaqtda birorta partiya parlamentning ikkala palatasida ham mutlaq ko‘pchilikka ega emas.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025