Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi
Toshkent shahrida «Tashkent City» xalqaro biznes markazining qurilishi va uning loyihasi ustida turk me'morlari ish boshlagan.
Ayni paytda Alisher Navoiy va Islom Karimov shohko‘chalari, Olmazor va Furqat ko‘chalari orasida joylashgan 80 gektarga yaqin maydonda qurilish ishlari boshlangan.
Biznes ofislar, mehmonxonalarga mo‘ljallangan binolarni zamonaviy texnologiyalar asosida 40 qavatdan baland bo‘lmagan qilib, turar-joylarni esa 12 qavatdan yuqori bo‘lmagan tarzda qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bu yerda konferensiya va ko‘rgazma markazlari, gipermarket, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar, yer osti avtoturargohlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Tashkent City» Xalqaro biznes markazini qurish bo‘yicha Ma'muriy kengashga rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
07:53 / 16.10.2021
Tashkent City’dagi bog‘ xususiylashtiriladi
11:54 / 14.10.2021
Tashkent City bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi
12:45 / 18.08.2021
Tashkent City hududiga kirish pulli ekani konstitutsiyaviy tamoyillarga zid - XDP
16:42 / 13.07.2021