Jahon | 21:20 / 24.10.2017
8839
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy o‘z Kremniy vodiysini barpo qilishga kirishdi

Foto: EAST NEWS

Xitoy hukumati Kremniy vodiysining muqobili bo‘lgan Syun'anda qanday kompaniyalarni ko‘rishni xohlashini ma'lum qildi. Unga joriy yilning aprel oyida Pekin janubidan 100 kilometr narida Si Tszinpin tomonidan asos solingan. South China Morning Post shu haqida xabar berdi. 

Amaldorlar Syun'an rezidenti sifatida biotexnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya va yangi materiallar bilan shug‘ullanuvchi AT-kompaniyalarni izlashmoqda. Kommunistik partiyaning Xebey provinsiyasidagi bo‘limi rahbari Chen Gan shu haqida ma'lum qilgan. 

"Bo‘lg‘usi shaharda ko‘p kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tishiga qaramay, ularga rozilik berishdan oldin yaxshilab saralaymiz, - deydi u. - Shuningdek biz ba'zi kompaniyalarning ko‘chishiga yordam beramiz, chunki Syun'anda 1,28 million kishidan iborat mahalliy aholi bo‘lib, ularning hammasi ham yuqori texnologik ish o‘rinlarini egallay olmaydi".

Besh olim tomonidan asos solingan Kuang-Chi Group Syun'anga birinchilar qatorida ko‘chib o‘tadigan kompaniyalardan biri bo‘ladi. Veb-saytga ko‘ra, unga 2010 yilda asos solingan va u metamateriallar, telekommunikatsiyalar, aerokosmik ishlanmalar, intellektual shahar infratuzilmasi, sun'iy intellekt va sog‘liqni saqlash raqamli texnologiyalari bilan shug‘ullanadi. O‘tgan oyda u Syun'anda yangi materiallar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limni ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Mamlakatning China Mobile, Baidu, Tencent va Alibaba kabi deyarli barcha yirik AT-kompaniyalari o‘z biznesining muayyan qismini Xitoy Kremniy vodiysiga ko‘chirish haqida ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid