Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik bort kuzatuvchisi samolyotdan tushib ketdi
Xitoyning China Eastern aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi eshikni yopishga urinayotganda samolyotdan tushib ketdi. South China Morning Post shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Manbada ta'kidlanishicha, voqea 23 oktabr kuni Shenchjen shahri aeroportida ro‘y bergan. Uch metr balandlikdan tushib ketgan bort kuzatuvchisini samolyotning parvozga tayyorlash ishlarini yakunlayotgan texnik xizmat xodimlari ko‘rib qolishgan.
Qiz shifoxonaga yetkazilgan, unda qator yoriqlar va jarohatlar aniqlangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bort kuzatuvchisi samolyot eshigini qoidaga xilof ravishda yopishga uringan. Qoidaga ko‘ra, samolyot eshigi ekipajning ikki nafar a'zosi ishtirokida yopilishi kerak.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025