Fan-texnika | 11:10 / 24.10.2017
19158
10 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask firibgarmi yoki buyuk ixtirochi: Hyperloop qanday ishlaydi?

Foto: Hyperloop

PayPal kompaniyasining milliarder-asoschisi, dunyodagi eng mashhur va iste'dodli tadbirkorlardan biri Ilon Mask jahonni Tesla Motors elektrmobillari va SpaceX kosmik parvozlari bilan xursand qilmoqda. Yaqinda Mask sayyoramizda harakatlanish vaqtini sezilarli darajada kamaytirishga qaror qildi hamda yo‘lovchilar tashish uchun raketalardan foydalanish konsepsiyasini taqdim etdi. Ammo bundan ham oldin u Los-Anjyeles va San-Frantsisko o‘rtasidagi safar vaqtini 35 daqiqagacha qisqartirishni xohladi. Shuning uchun, u yuqori tezlikdagi transport tizimini qurish taklifi bilan chiqdi, bu kishilarga soatiga 1,223 km. masofani bosib o‘tish imkonini beradi: Hyperloop.

Dastlab bu g‘oya hayratlanarli edi. Aslida ham shunday bo‘ldi. Agar u muvaffaqiyatsizlikka yuz tutsa, futuristik Hyperloop poyezdlar o‘rnini egallaydi va transportda lokomotiv, avtomobil hamda samolyot kabi inqilob qiladi. Yagona muammo shundaki, hech kim Hyperloop qanday ishlashi va uni qurish uchun qancha mablag‘ talab etilishini bilmaydi. Ammo bu boradagi ishlar davom etmoqda hamda faol olib borilmoqda.

Maskning aytishicha, loyihaning narxi 6 milliard dollarni tashkil etadi. Ammo ko‘pchilik bu raqamlarga shubha bilan qaramoqda. Ba'zi ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday pulga hatto katta hajmli ko‘prik ham qurib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Kaliforniyada ikki shahar o‘rtasida ancha sekinroq temir yo‘li tizimi qurilishi rejasi ishlab chiqilmoqda, uning narxi 60 milliard dollarni tashkil etadi. Aynan shu taklif Maskni Hyperloop’ni namoyish etishga undadi. Kaliforniya rejasi, Maskning 2013 yil avgustida SpaceX saytida e'lon qilingan 57 sahifadan iborat texnik hujjatda yozishicha, «dunyodagi eng sekin poyezdlaridan biri» uchun juda qimmatdir. Ma'lumot uchun, bu poyezd soatiga 322 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Maskning aytishicha, deyarli tovushdan ham yuqori bo‘lgan yer usti transport tizimini yaratish narxi va murakkabligidan qat'i nazar, Hyperloop poyezd va samolyot o‘rtasidagi narsadir. Ko‘p jihatdan bu havo xokkeyi o‘yinidan olingan texnologiya yordamida miltiq o‘qi bo‘ylab sayyohat qilishga o‘xshab ketadi. Mask Hyperloop ishlashiga ishonishini aytmoqda. Lekin qanday qilib?

Poyezdlar, samolyotlar, avtomobillar, kemalar va ...

Foto: Hyperloop

Ilon Maskning dunyosida Hyperloop mexanizatsiyalashgan harakat panteonidagi samolyotlar, poyezdlar, avtoulovlar va kemalarni hisobga olsa, transportning «beshinchi turi» bo‘ladi. Mask odamlar Kaliforniyadagi zilzilalardan omon qolish uchun mo‘ljallab loyihalashtirilgan ustunlarda o‘rnatiluvchi po‘lat quvurlar orqali, xuddi bobsleydagi kabi sayohat qilishlarini xohlamoqda. Temir betondan tayyorlangan bu ustunlar har 30 metr oraliqda joylashtiriladi va yerdan 6, 15 hamda 30 metr balandlikda bo‘ladi.

Maskning g‘oyasini amalga oshirish uchun muhandislar qanday rejalarni taklif qilishmoqda? Ularning aksariyati bir nechta sabablarga ko‘ra muvaffaqiyatsizdir. Misol uchun, ular Hyperloop’ni kuchli parraklar bilan jihozlashni taklif qilishdi, ular pnevmopochtadagi kabi harakatlanishda yordam berishi kerak. Maskning ta'kidlashicha, garchi bunday yirik parraklarni tayyorlash mumkin bo‘lsada, bu qulay emas, chunki 563 kilometrlik qismda havo oqimidagi bunday tezkor harakatda quvur ichida qarshilik katta bo‘ladi va kerakli tezlikka yetisha olmaydi.

Bundan tashqari, maglevning harakatida ishlatiladigan elektromagnitli ilgaklarga ega vakuumli quvurlar ham chiqarib tashlandi. Gap shundaki, quvurlarda ideal vakuumni hosil qilish juda qiyin bo‘ladi, ayniqsa, ularga kuniga minglab olib yurish uskunalari kirib chiqsa. Shuningdek, alyuminiyli quvurlar yorilishi yoki oqishi mumkin, demak ishdan chiqishi ham ehtimolga yaqin.

«Yuzlab kilometr masofadagi quvurda bitta kichik yoriq yuzaga kelsa, butun tizim ishlamay qoladi», - deya yozgan Mask.

Yana bir texnik muammo shundaki, qurilmalar quvur orqali havo bilan harakatlanadi. Maskning aytishicha, agar quvur va qurilma devorlari juda yaqin bo‘lsa, «kapsula o‘zini shprits kabi tutadi». Boshqacha qilib aytganda, harakatlanuvchi qurilma tizimdagi barcha havo oqimini itaradi, ammo uni o‘tkazmaydi. Natijada, bob juda sekin harakat qiladi yoki muhandislar yanada kattaroq quvurni qurishi kerak bo‘ladi.

Ilon Mask uslubidagi yechim

Foto: Hyperloop

Muammolar ro‘yxati tuganmas bo‘lib ko‘rinadi. Biroq ixtirochi Mask, Tesla va SpaceX’dan muhandislarni jalb qildi. Ular ikkita quvurni (biri shimolga, boshqasi janubga) ko‘tarish va shu orqali ichkaridagi havo bosimini kamaytirishni taklif qilishdi.

 

Nazariya juda oddiy: reaktiv samolyotlar ancha zichligi kam bo‘lgan katta balandliklarda parvoz qiladilar, hamda qarshilik kamayadi. Mask jamoasi tizimdagi havo bosimi Marsning ingichka atmosferasi bosimidan olti baravarga kam bo‘lishi lozimligi haqidagi fikrga kelishdi, bu tezlashayotgan harakatlanuvchi qurilmalar qarshiligini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, Hyperloop’ni AQShdagi I-5 shtatlar o‘rtasidagi magistralda joylashtirish xarajatlarni kamaytiradi, chunki yo‘nalish bo‘ylab yashaydigan odamlardan yer sotib olish kerak bo‘lmaydi.

Shuningdek, ular bobni tizim yuragiga aylantirishdi, endi quvur texnologik jihatdan biroz oddiyroq bo‘ldi. Reja shundan iboratki, harakatlanuvchi qurilmani metall chang‘ilar bilan loyihalashtirish, hamda shu orqali chang‘ilardagi kichik teshiklardan kiruvchi havo yostiqchalari bo‘ylab yurishdir. Kontseptsiya havo xokkeyi o‘yiniga o‘xshash, biroq bu yerda havo bobning quvur bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanishi hisobidan to‘planadi, qurilmaning oldingi qismidagi o‘ta kuchli elektr kompressorlar havoni orqaga siqib o‘tkazadi. Chang‘ilardagi magnitlar elektrmagnit impuls bilan juftlikda bizga poyezdlarda tanish bo‘lgan birinchi silkinishni beradi. Shundan keyin tezlikni his qilish yo‘qoladi.

Quvvatni magnitlar va o‘tkazgichlardan oluvchi chiziqli induksion dvigatellar quvur bo‘ylab turli nuqtalarga joylashtiriladi va qurilmani barqaror harakat bilan ta'minlaydi. Quvur bo‘ylab favqulodda chiqish joylari ham o‘rnatiladi. Quvurlarning o‘zida esa quyosh panellari bo‘ladi.

Qayerga ketayotganingizni ko‘ring

Foto: Hyperloop

Mask qurilmalar qulay va xavfsiz bo‘lishini va'da qilmoqda. Ular Hyperloop’da bittalab harakat qiladi, har 30 soniyada bir marta jo‘nab ketadi va bir-biridan o‘rtacha 37 kilometr masofada harakatlanadi. Yo‘lovchilar quvurning har bir oxirgi nuqtasida hamda quvur bo‘ylab maxsus joylar orqali kirib chiqishlari mumkin. Har bir yo‘lovchi qurilma 28 kishini sig‘diradi, ular ikki qatorda 14 kishidan joylashadi, shu bilan birga, bir tomonda bagaj bo‘lagi bo‘ladi. Katta konteynerlar avtomobilni ham o‘zida olib yurishi mumkin. Yo‘lovchilar bir tomonga chipta uchun 20 dollar to‘laydi.

Bagajdan qutulganidan so‘ng, yo‘lovchilar o‘rindiqlarga o‘tirishlari, xavfsizlik kamarini taqishlari va 35 daqiqa davomida yaqin shaxsiy ekrandan foydalanishlari kerak bo‘ladi. Hatto hojatxonaga ham bora olmaydilar – u yo‘q. Kabinka juda kichik bo‘lgani uchun, bunday ko‘rinishda sayohat qilish klaustrofobiyadan aziyat chekuvchi odamlarga mos kelmaydi.

Hyperloop ishlaydimi? Hozircha hech kim bilmaydi. Sinov hududlari allaqachon qurilib, tajribadan o‘tkazilmoqda. Mask buni mumkin deb hisoblaydi, odamlar unga ishonishmoqda. 581 km. tezlikka yetishi mumkin bo‘lgan maxsus poyezdlar – maglevlar yaratuvchilaridan biri bo‘lgan Jim Pauell’ning The Verge’ga aytishicha, Mask barcha tizimni quvurga joylashtirmoqchi bo‘lib, to‘g‘ri ish qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochiq tizimda juda ko‘p ishqalanish bo‘ladi. Ishqalanish esa hattoki germetik muhrlangan Hyperloop quvurida ham muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, to‘g‘ri chiziqda Hyperloop quvurini qurish yaxshiroqdir. Pauellning aytishicha, agar yo‘l juda egri-bugri bo‘lsa, yo‘lovchilarning ko‘ngli aynishi mumkin.

Ko‘pchilik Hyperloop’ni yaratishda yuzaga kelgan texnik muammolarni hal qilish mumkinligiga ishonishsada, ba'zilar narx haqida so‘rayapti. 6 milliard dollar - bu kabi kattalikdagi loyiha uchun juda kichik narxdir. Shu bilan birga, Mask o‘z pullarini sarflashni istamayapti hamda boshqalar uning o‘rniga inqilob yasashiga umid qilmoqda. Balki, siz ham omadingizni sinab ko‘rarsiz?

Mavzuga oid