Jahon | 20:00 / 24.10.2017
7387
2 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt amiri: Fors ko‘rfazidagi inqiroz chuqurlashmoqda

Foto:aa.com.tr

Fors ko‘rfazida inqiroz davom etishi mintaqadagi davlatlar va xalqlar uchun vayronkor oqibatlarga olib keladi, deb aytdi Kuvayt shayhi Saboh al-Ahmad as-Saboh.

Uning aytishicha, Fors ko‘rfazida cho‘zilib ketgan inqiroz chuqurlashish tendensiyasiga ega. 

"Biz bu turdagi tendensiyalarning xavfini anglashimiz darkor, u mintaqaviy va xalqaro ixtiloflar vaqtida keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Inqiroz Fors ko‘rfazi davlatlari va xalqlari uchun o‘ta vayronkor oqibatlarga olib kelishi mumkin", deb aytgan as-Saboh.

As-Sabohning aytishicha, Kuvayt mintaqada parchalanish bo‘lmasligi uchun Qatar va arab davlatlari o‘rtasidagi ixtilofni tartibga solishda vositachilik qilmoqda.

Amirning aytishicha, uzoq davom etayotgan inqiroz tufayli Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi ligasi parchalanib ketishiga sharoit vujudga kelmoqda.

5 iyunda Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviyaning muvaqqat hukumati, Maldiv, Mavrikiy Doha bilan diplomatik aloqlarni uzishini e'lon qilgan.   

Keyinroq Doha bilan diplomatik aloqalarni uzgan 4 arab davlati Qatarga 13 ta talabdan iborat ro‘xaytni topshirgan. Qatar bu talablarni bajarib bo‘lmas deb atagan. 

Mavzuga oid