Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning yangi prezidenti ilk xorijiy safarini Rossiyaga amalga oshiradi
Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Sooronbay Jeenbekov prezident sifatidagi ilk xorijiy safarini Rossiyaga amalga oshirishi kutilmoqda. Bu haqda diplomatik doiralardagi manbalariga asoslangan holda «24.kg» nashri xabar tarqatgan.
Saylovning rasmiy natijalar ma'lum qilinmadi, shundan so‘ng prezidentning inauguratsiya marosimi vaqti belgilanadi.
«Aytish mumkinki, ilk xorijiy tashrif Rossiyaga bo‘ladi, bu sadoqat izhor etish ma'nosida», - degan manba.
Shu bilan birga, u o‘zaro chegarada yuzaga kelgan muammolar tufayli ilk tashrif Qozog‘istonga bo‘lmasligini aytib o‘tgan.
Bundan avvalroq Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini 28 oktabr kuni e'lon qilishi haqida xabar berilgandi. Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabr kuni o‘tkazilgandi. Dastlabki ma'lumotlarda mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan holda (56,79 foiz) saylovda g‘alaba qilgan.
Mavzuga oid
19:00 / 11.02.2022
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Jeenbekovning qudasi hibsga olindi
21:10 / 12.08.2021
Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi
19:14 / 02.03.2021
Qirg‘izistonda sobiq prezidentning qudasiga qarshi jinoyat ishi ochildi
15:20 / 17.10.2020