Jamiyat | 18:40 / 26.10.2017
15047
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya televideniyesi Muhammad Ismoilning yangi kitobi taqdimotini namoyish etdi

2017 yil 20 oktabr kuni Markaziy Osiyodagi eng katta kitob savdo majmuasi bo‘lgan Toshkent shahrida joylashgan "Kitob olami" do‘konida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir va yozuvchi Muhammad Ismoil qalamiga mansub kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman haqida Turkiyaning TRT Avaz telekanalida lavha tayyorlandi. 

"Gapning qisqasi yaxshi" hamda "Atrofingda men sarson" nomli kitoblarning taqdimot marosimida shoirning do‘stlari, kitobsevarlar va she'riyat shaydolari ishtirok etdilar. 

Xususan, O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon, Bobur Bobomurod, taniqli suxandon Rahimboy Jumaniyozov, Tolibjon Isroilov, Ahrorjon Qo‘shmatov, "Ijod olami" jurnali bosh muharriri Baxtiyor Haydarov, "Ishonch" gazetasi bosh muharriri Jahongir Sharofboyev, taniqli jurnalist Jasur Hamroyev va yana bir qancha OAV xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli xonandalar ishtirok etishdi. 

Anjuman so‘ngida shoir Muhammad Ismoil o‘zining sevimli she'rlarini muxlislarga o‘qib berdi, yangi kitoblarini o‘quvchilarga sovg‘a qildi. Adabiy kechada yosh xonanda Nodirbek Asatullayev shoir Muhammad Ismoil she'rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlardan ijro etdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid