Jamiyat | 11:40 / 27.10.2017
14001
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya oliygohlari o‘zaro hamkorlik qiladi

Bugungi kunda Turkiya O‘zbekistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi o‘zoq muddatli ishonchli hamkoridir. Davlatlar o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar o‘zbek va turk xalqlari ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, mushtarak qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlar bilan uyg‘unlashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi «Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3003 qarorida belgilangan o‘zaro hamkorlikdagi ilmiy va ta'lim loyihalarini amalga oshirish, o‘quv-ilmiy jarayonga xorijiy davlatlarning o‘qituvchi va mutaxassislarini jalb etish, ilmiy-pedagog kadrlarning xorijda malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish maqsadida soha bo‘yicha yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari universiteti bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish belgilangan.

2017 yilning 24 oktabrida Turkiya Respublikasining yetakchi universitetlaridan biri Karabuk universiteti rektori professor Refik Po‘lat rahbarligidagi delegatsiya Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi Mevlane dasturi (Mevlana Programme) doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirildi.

TIQXMMI saytida ma'lum qilinishicha, muzokaralar chog‘ida Mevlane dasturi doirasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, Karabuk universiteti tajribasi asosida qishloq va suv xo‘jaligi sohasining muhandis-texnik yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, ilmiy-metodik adabiyotlarini ishlab chiqish, talabalar almashuvini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Mavzuga oid