Fan-texnika | 23:01 / 30.10.2017
27617
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkentda yosh texnika ixtirochilari aniqlandi

Foto: KUN.UZ

30 oktabr kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Youth techno art” (Bolalarning texnik ijodkorligi) festival-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri mazkur tanlov ko‘rgazmasidan fotoreportaj tayyorladi. 

Festival-tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari ishini o‘rganishni tashkil etish hamda ular o‘rtasida texnik ijodkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Mazkur tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, uning hududiy bosqichlarida jami 7mingga yaqin o‘quvchilar 10 mingdan ortiq ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Bugungi tadbirda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 105 nafar o‘quvchining 1200ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi. Ular quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi:

1) avtomodel;
2) avia-raketamodel;
3) kemasozlik;
4) robototexnika;
5) elektron o‘yinchoqlar;
6) radiotexnika, elektronika va aloqa;
7) Kino-videohavaskorlik.

Tadbirning yakuniy qismida g‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mavzuga oid