Sport | 00:34 / 30.10.2017
6881
1 daqiqa o‘qiladi

Rojyer Federer faoliyatidagi 95 unvonni qo‘lga kiritdi

Foto:EPA-EFE/GEORGIOS KEFALAS

Shveytsariyalik Rojyer Federer Professional tennischilar uyushmasi (ATP)ning Bazeldagi musobaqasi finalida argentinalik Xuan Martin del Potroni mag‘lub etdi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 1,8 mln dollarni tashkil qilgan. 

Uchrashuv 36 yoshli shveysariyalikning 6:7 (5:7), 6:4, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Shu tariqa Federer ATP’ning 95-musobaqasida g‘oliblikka erishdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy chex Ivan Lendlni (94 ta musobaqada g‘alaba) ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu borada amerikalik Jimmi Konnors 109 ta g‘alaba bilan yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid