O‘zbekiston | 11:52 / 31.10.2017
63880
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zMTRK sobiq raisi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 24 oktabrdagi PQ-3354 qarori bilan Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bergan.

Ma'lumot uchun, 2017 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi qoshidagi "Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish" korxonasi "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasiga aylantirildi. 

Eslatib o‘tamiz, Xurshid Mirzohidov joriy yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbarligidan ketgandi

Mavzuga oid