Jahon | 11:50 / 01.11.2017
53862
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda Nyu-Yorkdagi teraktga oid videolar tarqaldi

Nyu-York markazidagi Manxettenda yuz bergan teraktga oid yangi ma'lumotlar paydo bo‘lmoqda. Terakt vaqtida voqea joyida bo‘lgan guvohlari fojia tasvirlarini internetga joyladi.

Frustrated PaulRevere portalining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida haydovchining qo‘lga olinishi tasvirlangan video joylangan.

Kadrlardan birida haydovchi pikapdan chiqishi va voqea joyidan qochishi ko‘rinadi.

Keyinroq tarqalgan yana bir videoda esa kamera 2 politsiyachi yerda yotgan shaxs ushlab turganini ko‘rsatadi.

31 oktabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi.

O‘zbekistonlik Sayfullo Habibullayevich Soipov terakt ijrochiligidagi asosiy gumondor bo‘lib turibdi. U mashinada IShIDga sadoqat izhor qilgani haqidagi yozuvni qoldirgani aytilmoqda.

Sayfullo Soipov AQShga O‘zbekistondan 2010 yili kelgan va Florida hamda Nyu-Jyersida yashagan. Uning terrorchi guruhlarga aloqadorligi hozircha tasdiqlanmagan.

Terakt tafsilotlari FQB tomonidan o‘rganilmoqda.
 

Mavzuga oid