Shavkat Mirziyoyev Trampga murojaat qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi teraktdan keyin Amerika rahbari Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy sayti xabar berdi.
Muhtaram Prezident Janoblari!
Nyu-York shahridagi terrorchilik harakati oqibatida begunoh kishilarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz.
Ushbu qabih va shafqatsiz jinoyatni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi ekstremizm va terrorizmni keskin qoralaymiz.
Sodir etilgan fojia zamonamizning bunday g‘ayriinsoniy xavf-xatarlariga qarshi kurashish yo‘lida butun xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini birlashtirish zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘zbekiston ushbu terrorchilik harakatini surishtiruv ishlariga ko‘mak ko‘rsatish uchun bor kuch va vositalarini ishga solishga tayyor.
Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi bilan har tomonlama birdam ekanimizni izhor etamiz.
Qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilayman.
31 oktabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Saipov terakt ijrochisi sifatida gumon qilinmoqda.
Ayni vaqtda terakt ijrochisi sifatidagi asosiy gumondor qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
16:53
«Yil o‘qituvchisi» tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uch xonali uy beriladi - prezident
13:51
Shavkat Mirziyoyev: O‘qituvchilar uchun ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib bormoqda
13:29
Ta’limda orqada qolganlar taraqqiyotda ham orqada qoladi - prezident ta’lim sohasiga e’tibor haqida
16:17 / 25.09.2024