Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Soipovni «kasal va ruhan nosog‘lom inson» deb atadi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Nyu-Yorkda terakt sodir etgan shaxs ruhan nosog‘lomdir.
«Aftidan, Nyu-Yorkdagi terakt kasal va ruhan nosog‘lom inson tomonidan amalga oshirilgan», - deya yozdi AQSh rahbari tvitterda.
Bundan avvalgi xabarlarda Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan O‘zbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Saipov AQShga grin-karta orqali ko‘chib ketgani va Uber kompaniyasida haydovchi bo‘lib ishlagani aytilgandi.
31 oktabrda Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida, Jahon savdo markazi yonida sodir etilgan hujum oqibatida Belgiyaning bir fuqarosi halok bo‘lgan va 3 fuqarosi yaralangan. Shuningdek, Argentinaning 5 fuqarosi halok bo‘lgan va bir fuqarosi jarohat olgan.
Mavzuga oid
14:42 / 18.05.2023
Sayfulla Soipov 8 karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
18:59 / 27.01.2023
AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik sudda aybdor deb topildi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020