O‘zbekiston | 11:00 / 01.11.2017
47388
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Sayfullo Soipov haqidagi ma'lumotni tekshirmoqda

Foto: Reuters

O‘zbekistonlik diplomatlar Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanlanib qo‘lga olingan shaxs haqidagi ma'lumotni tekshirishmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti O‘zbekiston TIV vakiliga tayangan holda. U, ommaviy axborot vositalarining xabar berishlaricha, o‘zbekistonlikdir, 

«Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston bosh konsulligining xodimlari hozirda OAVning Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs o‘zbekistonlik ekani haqidagi xabarlarini rasmiy kanallar orqali tekshirishmoqda. Ayni damda hozircha aniq ma'lumot yo‘q», - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.

Avvalroq Santa Monica Observer nashri Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan erkak, o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov Qo‘shma Shtatlarga lotereyada grin-kartani yutib olgan holda ko‘chib ketgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid