Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tomoni Sayfullo Soipov o‘zbekistonlik ekanini tasdiqladi
31 oktabr kuni Nyu-York shahrida 8 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan teraktni sodir etishda gumon qilingan shaxs o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov ekani tasdiqlandi. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Sayfullo Soipov 1988 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda Toshkent Moliya institutida tahsil olib, keyinchalik ish faoliyatini poytaxtdagi «Sayohat» mehmonxonasida hisobchilikdan boshlagan.
«O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot organlari bergan ma'lumotga ko‘ra, 2010 yil AQShga «grin-karta» orqali viza olib, jo‘nab ketgandi. Shu davrgacha biror terroristik guruh yoxud oqimlar ta'sirida bo‘lgani aniqlanmagan. O‘tgan yetti yil ichida u O‘zbekistonga tashrif buyurmagan hamda yaqin qarindoshlari bilan uchrashmagan.
AQShda bo‘lgan paytidanoq Soipov O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi konsullik idorasiga uchramagan, hech qanday rasmiy ro‘yxatda qayd etilmagan.
Sayfullo o‘sib ulg‘aygan mahalla ahli u haqda iliq fikrlarni bildirdi: «hech qanday shubha uyg‘otuvchi ish bilan shug‘ullanmagan, qo‘shnilarga yaxshi muomala qilishi ta'kidlangan», deyiladi xabar matnida.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi
21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
00:47 / 21.09.2023