Jahon | 09:20 / 02.11.2017
54851
2 daqiqa o‘qiladi

Soipov qilmishidan pushaymon emas

Manhettendagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov Nyu-York sudidagi dastlabki eshituvda o‘zini garov evaziga ozod etishni so‘ramagan. Associated Press agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu shaxs o‘z qilmishidan afsusda emas.

Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan, 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Sayfullo Soipov yo‘lovchilarni bosib o‘tgach, mashinasidan tushib qochayotganida qo‘lga olingandi. Politsiya o‘qidan jarohatlangan terrorchi sudga qamoqxona-kreslosida olib kelingan. Ayblanuvchi o‘zining aybsizligi bo‘yicha bitta ham so‘z gapirmagan va sud jarayoni boshlanguniga qadar garov evaziga ozod etishlarini so‘ramagan.

Advokat Devid Petten Soipovni sudda himoya qilishi kerak.

Shtatning janubiy okrugi prokuraturasi ushbu shaxs IShIDni qo‘llab-quvvatlashda ayblanayotganini ma'lum qilgandi. Agar u bu jinoyatda aybdor deb topilsa, uni qatl qilishadi yoki umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi.

Ayblovchi tomonning da'vosiga ko‘ra, Soipov terakt uchun 2 oy davomida tayyorlangan. U jinoyat vositasi bo‘lgan pikapni 22 oktabr kuni ijaraga olgandi.

Mavzuga oid