Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Soipovni qatl etishni talab qildi
Foto: Reuters
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Nyu-York shahrida amalga oshirilgan terakt ijrochisiga tayinlanadigan jazo xususida o‘z fikrini bildirdi. U Sayfullo Soipovga oliy jazo tayinlash tarafdori ekanini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Nyu-York terakti ijrochisi IShID bayrog‘ini palatasiga osishlaridan xursand bo‘lardi. U 8 kishini o‘ldirib, 12 kishini jarohatladi. Uni qatl qilish kerak», deya yozgan Oq uy rahbari tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, asli o‘zbekistonlik va Green Card lotereyasi orqali 2010 yilda AQShga ko‘chib ketgan Soipov 31 oktabr kuni Nyu-Yorkning Manhetten hududida ijaraga olgan pikap mashinasini odamlar ustiga haydab, qo‘poruvchilik sodir etgan edi. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 12 nafar odam jarohatlandi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020