Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga ayollarni fohishalik qilish maqsadida yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
2017 yil 29 oktabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro D.X. bir necha nafar ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishlik uchun Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lganligi aniqlanib, jinoyatchini qo‘lga olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda poytaxti IIBB xabar bermoqda.
Shu kuni soat 17:00larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, D.X. Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan “Qoplonbek” YPH maskanida, fuqarolar U.M., N.K., L.T. va R.I.larni fohisha sifatida ishlatish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b,ye” bandlari (odam savdosi, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ikki yoki undan ortiq shaxslarni ulardan foydalanish maqsadida yollash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Jinoyatning og‘irlilik darajasini inobatga olgan holda D.X.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanmoqda.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, D.X.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025