Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Muhammadzoir Qodirov Nyu-Yorkdagi teraktga aloqador emas
Manhettenda dushanba kuni Sayfullo Soipov tomonidan amalga oshirilgan terakt tufayli qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Muhammadzoir Qodirov sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘lgan fojiaga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda AP axborot agentligi 2 noyabr kuni huquq-tartibot idoralari vakiliga tayanib xabar tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov Soipovning juda kam sonli do‘stlaridan biri bo‘lgan, biroq, ko‘p ehtimol bilan teraktga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etmagan.
Qodirov Soipov yuk mashinasini Manhetten janubi-g‘arbiy qismidagi velosiped yo‘lagiga atayin haydab borib, piyodalar va velosipedchilarni urib ketganidan so‘ng bir necha soat o‘tar-o‘tmas, qidiruvga berilgan. Soipov politsiyachi o‘qidan yaralandi va hibsga olindi, FQB agentlari esa Qodirovni qidirishga kirishishdi hamda tez orada u qayerda ekani aniqlandi.
Agentlikning ta'kidlashicha, Qodirov terrorchilik hujumiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olinmagan. Agentlikda bo‘lgan bayonot matnida uning ko‘rsatishicha, «yuragi bor hech bir inson bunday jinoyatni sodir eta olmasdi». Shuningdek, u teraktni «achchiq hamda aql bovar qilmaydigan» deb atagan.
Avvalroq, Reuters agentligi huquq-tartibot idoralaridan manbaga tayanib xabar qilishicha, Soipov Qodirovdan boshqa bir shaxs bilan ham aloqada bo‘lgan. Manba uning ismini oshkor etmadi.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi
21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
00:47 / 21.09.2023