O‘zbekiston | 07:00 / 03.11.2017
24238
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni qabul qildi

Foto: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan va MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida joriy yilning aprel oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvlari, jumladan, oktabr oyida MDHning Sochi sammiti doirasidagi muloqoti strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga kuchli sur'at bag‘ishlagani, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitgani alohida ta'kidlandi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini yanada kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatlarimiz sheriklik munosabatlari va o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Mavzuga oid