Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez tibbiy yordam bo‘limidan kompyuter jamlanmasi o‘marildi
Piskent tuman IIBga Tez tibbiy yordam bo‘limida ishlovchi, 1979 yilda tug‘ilgan Xolida Aytmatova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 11 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, ish joyidagi xizmat xonasidan unga tegishli umumiy narxi taxminan 2.000.000 so‘m bo‘lgan “Toshiba” rusumli kompyuter jamlanmasi va 1 dona “Canon” skanerini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Piskent shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan Sherzod Latipov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025