Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Evra muxlisni oyog‘i bilan tepgani uchun jamoadan chetlatildi
“Marsel” klubi rasmiy saytida himoyachi Patris Evraning jamoadan chetlatilganini e'lon qildi. Frantsuz Yevropa ligasi guruh bosqichining 4-turida “Vitoriya Gimaraynsh” bilan uchrashuvda muxlislardan birining boshiga oyog‘i bilan zarba bergan.
Uchrashuv boshlanmasdanoq futbolchi muxlislar tomondan o‘z nomiga bildirilayotgan haqoratlarga dosh berolmay, muxlislardan birining boshiga tepgan. Keyinroq boshqa bir muxlis Evra muxlislarni onasidan so‘kkanini aytgan.
“Marsel” prezidenti Jak-Anri Eyro Evra bilan uchrashib, unga jamoadan darhol chetlatilishi va ehtimol jarimaga tortilishi mumkinligini ma'lum qilgan. Klub tomondan o‘tkazilgan ichki tergovning birinchi natijalari o‘yinchini haqorat qilgan bir necha ig‘vogar muxlislar tomondan nomaqbul harakatlar amalga oshirilganini ko‘rsatdi.
Evra professional va tajribali o‘yinchi sifatida bunday noo‘rin yo‘l bilan javob qaytarmasligi kerak edi. Klub tergovni davom ettirib, o‘z ixtiyorida bo‘lgan barcha vositalarni klubga ehtiroslar ko‘rinishi ostida o‘yinchini qo‘llab-quvvatlash o‘rniga uni haqorat qilib, klub obro‘sini xavf ostiga qo‘yuvchi shasxlarga qarshi qo‘llaydi”, deb aytilgan klub saytida.
Endi Futbolchining Marseldagi bo‘lg‘usi taqdiri oliy futbol idoralari chiqaradigan qarorga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:02 / 22.11.2021
Fransiyada yana mojaro, Shomurodovni almashtirgan vunderkind ikki gol urdi, «Real» - yakkapeshqadam
16:56 / 06.08.2019
Patris Evra: «Ronalduning uyiga boshqa hech qachon mehmon bo‘lib bormayman»
19:28 / 31.07.2019
«Chempion hikoyalari». Patris Evra og‘ir bolalik, aqlsiz qiliqlari va Fergyusonning final oldidan nutqi haqida
18:53 / 29.07.2019