Sport | 18:31 / 04.11.2017
9916
1 daqiqa o‘qiladi

«Marsel» Evrani haydab yubormoqchi

Foto: AFP

«Marsel» klubining sobiq hujumchisi Toni Kaskarino, himoyachi Patris Evra jamoa tarkibida boshqa maydonga tushmaydi deb hisoblamoqda.

Ma'lumki, futbolchi Yevropa Ligasidan o‘rin olgan «Vitoriya Gimaraynsh» (0:1) klubiga qarshi o‘yindan oldin, o‘zini haqorat qilgan muxlisga oyog‘i bilan zarba bergan edi. Shundan so‘ng, klub rahbariyati uni mashg‘ulotlardan chetlatdi.

«Voqeaning to‘liq tafsilotlarini bilmayman, ammo, vaziyat juda jiddiy shekilli. Erik Kantona ham bir paytlar shu ishni qilgan edi. Uni oqlamoqchi emasman, biroq u raqib muxlisiga zarba bergan. Evra esa o‘z muxlisiga... Bu shunday chegaraki, uni buzish mumkin emas. 

Bu voqea meni larzaga soldi. Menimcha, endi hammasi tugadi. U «Marsel» tarkibida boshqa o‘ynamaydi» - dedi Kaskarino Talk Sport nashriga bergan intervyusida.

Mavzuga oid